23 Aprel 2024

UZTELECOM O‘zbekistonda International Wholesale Telecom Congress (IWTC) olmos homiysi!

 

2024-yil 23-24 aprel kunlari Oʻzbekistonda ilk bora raqamli industriya va telekommunikatsiya sohasidagi nufuzli xalqaro kongress “International Wholesale Telecom Congress” (IWTC) bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir "Oʻzbektelekom" AK ishtirokida tashkil etilgan boʻlib, u "Olmos homiy" va asosiy hamkor vazifasini bajaradi, ushbu qadamlar – Kompaniyaning telekommunikatsiya sohasidagi ahamiyatini va ushbu sohada yetakchiligini taʼkidlaydi.

 

“O‘zbektelekom” AK va Carrier Community GmbH & Co. KG bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng Xalqaro ulgurji telekom kongressining (IWTC) 12-yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Mazkur hamkorlik “O‘zbektelekom” AKning respublikada texnologik taraqqiyotni ta’minlashdagi muhim rolidan dalolat beradi.

 

Tadbirning asosiy afzalliklaridan biri ishtirokchilarga o‘z kompaniyalari, mahsulot va xizmatlarini taqdim etish, yangi aloqalar o‘rnatish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash imkoniyatidir. GCCM tadbirlari telekommunikatsiya sohasidagi joriy tendentsiyalar va innovatsiyalarni, jumladan panel muhokamalari, ishchi sessiyalar va B2B uchrashuvlarini muhokama qilish imkoniyatini beradi.

 

Bundan tashqari, mazkur tadbir AKT sohasi uchun mo‘ljallangan o‘ziga xos global yig‘ilish bo‘lib, unda internet provayderlar va mobil aloqa operatorlari, jumladan Tier 1, 2 va3 operatorlari, SMS agregatorlari, kontent, medi va bulutli texnologiya provayderlarini o‘z ichiga olgan ekotizimlarni birlashtiradi.

 

“O‘zbektelekom” AK homiyligida tashkil etilayotgan IWTC Kongressi mamlakatimiz telekommunikatsiya sohasini rivojlantirish uchun muhim voqeaga aylanadi. Bu fikr almashish, hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va raqamli ekotizimni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

 

Ilgari ham shunday xalqaro tadbirlarda “O‘zbektelekom” AK bir necha bor yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan. Masalan, Berlinda bo‘lib o‘tgan IX yillik EUROPE 2022 GCCM konferensiyasida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “MDH davlatlari orasida eng yaxshi rivojlanayotgan mintaqaviy operator” nominatsiyasi bo‘yicha mukofot bilan taqdirlangan.Shuningdek, navbatdagi GCCM Europe 2023 konferensiyasida “O‘zbektelekom” AK “2023-yil MDH mamlakatlarining mintaqaviy operatori” mukofotini qo‘lga kiritgan. Ushbu mukofotlar Kompaniyaning telekommunikatsiya sohasida mintaqadagi yetakchi mavqeini tasdiqlaydi.

 

Ma’lumot uchun: GCCM bu eksklyuziv global klub va telekommunikatsiya kompaniyalarining hamjamiyatidir. Operatorlar hamjamiyati ulgurji telekommunikatsiya provayderlari va telekommunikatsiya ekotizimi hamkorlari uchun global sanoat media, tarmoq va brending, shu jumladan statsionar aloqa, Data, xabar almashish, mobil aloqa, ma’lumotlar saqlash va qayta ishlash markazlari, VAS, MVNO, ISP, Telehouse, Cloud va boshqa tegishli tarmoqlar platformasini taqdim etadi.



Yangilik bilan ulashish:

Shuningdek o’qing