11 October 2021

“Smartfon sotib oling va UZTELECOMdan bonuslarga ega bo‘ling” super-aksiyasi

 

UZTELECOM va STARS RETAIL birgalikda  super-aksiya o’tkazmoqda.  Aksiyada ishtirok etish uchun STARS RETAILdan smartfon xarid qilishning o’zi yetarli. Shunda sizga yoqimli bonuslar taqdim etiladi.

Qadrli do‘stlar, bizda siz uchun ajoyib yangilik bor! UZTELECOM va STARS RETAIL GSM standartidagi mobil aloqa abonentlari uchun “Smartfon sotib oling va UZTELECOMdan bonuslarga ega bo‘ling” super-aksiyasini yo‘lga qo‘ymoqda. Unda qatnashish uchun milliy operatorning 234, 276, 297, 255-ATS ofislarining birida to‘plamda taqdim etilgan smartfonlardan birini sotib olishingiz kerak.

Zamonaviy smartfon xarid qilishni va biryo‘la milliy aloqa operatoriga ulanib, “chiroyli raqam” sotib olishni anchadan beri rejalashtiryapsizmi? Unday bo‘lsa ushbu aksiya aynan siz uchun!

Smartfonni maqbul narxda sotib oling, natijada esa tarif rejalarni, Internet-paketlarni faollashtirishda yoki “chiroyli raqam”ni sotib olishda 65% dan 99% gacha bo‘lgan aql bovar qilmas chegirmalarga ega bo‘ling.
 

Biz Internet chegara bilmasligini, har doim, har qanday joyda va har qanday vaqtda ishlashini bilamiz. Internet – bu bir dunyo ma’lumot va cheksiz muloqot manbayi. Bizning avlodimizni “online” deb atashadi, chunki biz har doim va har qayerda aloqada, tarmoqda bo‘lishga intilamiz.

Shu sababli o‘z abonentlariga peshvoz chiqqan holda UZTELECOM STARS RETAIL bilan hamkorlikda bizning mobil aloqa abonentlarimiz uchun ushbu super-aksiyani o‘tkazmoqda. Smartfondan tashqari siz bizning xizmatlarimiz uchun sezilarli chegirmalarga ham ega bo‘lishingiz mumkin.

Sotuv va xizmat ko'rsatish ofislarida smartfon sotib olayotganda, aksiya doirasida quyidagi sertifikatlar taqdim etiladi:

4-toifa

Narxi 1 499 999 so‘mgacha bo‘lgan smartfon sotib olinganda (abonentning xohishiga ko‘ra) quyidagi xizmatlardan biriga bonus sifatida chegirma taqdim etiladi:
 

  • 5 GB hajmli Internet-paketga 80% chegirma;
  • 1-hisob-kitob davri uchun “Units 4000” tarif rejasiga ulanishga 99 % chegirma.


3-toifa

Narxi 1 500 000 so‘mdan 3 999 999 so‘mgacha bo‘lgan smartfon sotib olinganda (abonentning xohishiga ko‘ra) quyidagi xizmatlardan biriga bonus sifatida chegirma taqdim etiladi:
 

  • 12 GB hajmli Internet-paketga 90 % chegirma;
  • 1-hisob-kitob davri uchun “Units 11000” tarif rejasiga ulanishga 99% chegirma.


2-toifa

Narxi 4 000 000 so‘mdan 7 999 999 so‘mgacha bo‘lgan smartfon sotib olinganda (abonentning xohishiga ko‘ra) quyidagi xizmatlardan biriga bonus sifatida chegirma taqdim etiladi:

  • 75 000 MB hajmli Internet-paketga 90% chegirma;
  • 1-hisob-kitob davri uchun “Royal” tarif rejasiga ulanishga 65% chegirma;
  • 9-toifali chiroyli raqam uchun 99 % chegirma.


1-toifa

Narxi 8 000 000 so‘m va undan yuqori bo‘lgan smartfon sotib olinganda (abonentning xohishiga ko‘ra) quyidagi xizmatlardan biriga bonus sifatida chegirma taqdim etiladi:
 

  • 2-ta 75 000 MB hajmli Internet-paketga 90% chegirma;
  • 2-hisob-kitob davri uchun “Royal” tarif rejasiga ulanishga 65% chegirma;
  • 8-toifali chiroyli raqam uchun 99 % chegirma.


Aksiyaning amal qilish muddati – 2021-yilning 11-oktabridan 2022-yilning 31-yanvarigacha.

Aksiya UZTELECOMdan GSM standartidagi mobil aloqa xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun amal  qiladi.

''O‘zbektelekom'' AK ''Smartfon sotib oling va UZTELECOMdan bonuslarga ega bo‘ling” aksiyasining o‘tkazilish shartlariga o‘zgartirish kiritishga va bu haqda Kompaniyaning rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa ommaviy axborot vositalarida tegishli ravishda xabardor qilish huquqiga ega. Aksiya ishtirokchilari, shuningdek Kompaniyaning rasmiy veb-saytida aksiya shartlariga kiritilgan tegishli o‘zgarishlarni mustaqil ravishda kuzatib borishlari mumkin.

Qatnashishga va yoqimli bonuslarga ega bo‘lishga shoshiling!



Yangilik bilan ulashish: