14 January 2022

UZTELECOM o‘z imkoniyatlarini kengaytirmoqda – endi Toshkent metropolitenida yuqori tezlikdagi mobil tarmoq va Internet to‘liq ishlaydi



Poytaxt metrosi foydalanuvchilari uchun xushxabar – Toshkent metropoliteni UZTELECOMdan mobil internet va mobil aloqa bilan to‘liq ta’minlandi

Toshkent metropoliteni har kuni ertalab soat 6 dan boshlab poytaxt aholisi va mehmonlari uchun o‘z eshiklarini ochadi va shaharning istalgan nuqtasiga yuqori tezlikdagi va arzon transport xizmatlarini ko‘rsatadi. Yaqin vaqtlargacha metro bekatlarida aloqa xizmatlari mehmonlar uchun imkonsiz bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yil oxiriga kelib UZTELECOM milliy operatori metroni maxsus zamonaviy uskunalardan foydalangan holda yuqori texnologiyali aloqa bilan ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli loyihani ishga tushirdi. Bu O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi muhim voqealardan biridir. Natijada yangi 2022-yilning boshiga kelib metropolitenning barcha yo‘nalish va stansiyalarining UZTELECOM mobil aloqasi bilan to‘liq qamrab olingani yoqimli yangilik bo‘ldi.

Jumladan, UZTELECOM milliy operatorining GSM standartidagi mobil aloqa abonentlarida endi hatto o‘nlab metr chuqurlikda harakatlanuvchi metroda ham aloqa qilish imkoniyati mavjud. Qo‘ng‘iroqlar, SMS, Internet-aloqa – bularning barchasi eng manfaatli shartlarda va eng yaxshi sifatda faqat UZTELECOMda.

UZTELECOM – milliy operator.



Yangilik bilan ulashish: