15 August 2022

UZTELECOM bilan foydali dam olish – Misr va BAAga sayohat uchun rouming paketlari



UZTELECOM mobil aloqa abonentlariga Misr va Birlashgan Arab Amirliklariga sayohat qilishda 90% gacha chegirma asosida muloqot qilish uchun bir kunlik va bir oylik qulay rouming paketlarini taklif etadi.

Sayohat  mavsumiga oz qoldi! Shunday ekan, ko‘pchiligimizni dengiz, sohil va unutilmas tuyg‘ular kutmoqda. UZTELECOM Misr va Birlashgan Arab Amirliklariga sayohat qiluvchi mobil aloqa abonentlariga qulay muloqot uchun zarur resurslarni o‘z ichiga olgan bir kunlik va 30 kunlik rouming paketlarni taqdim etadi.

Har qanday sayohatda har birimiz yaqinlarimiz bilan hech bo‘lmaganda birlamchi muloqot qilish uchun aloqada bo‘lishimiz kerak. Ko‘pincha mahalliy operatorlarning SIM-kartasini ulash qimmat va vaqt talab etadi. Endi siz 500 MB va 10 daqiqalik ovozli aloqani o‘z ichiga olgan kunlik rouming paketini faollashtirishingiz mumkin. 90% chegirma bilan bu optsiya kuniga 30 000 so‘mni tashkil qiladi. Kundalik rouming paketlari avtomatik uzaytirish tizimi bo‘yicha ishlaydi, ya’ni kunlik paket faollashtirilganidan so‘ng, paket avtomatik ravishda keyingi kunga yangilanadi (hisobda yetarli mablag‘ bo‘lsa). Agar siz barcha resurslarni muddatdan avval sarflab bo‘lsangiz, paketni qo‘shimcha ravishda faollashtirish orqali resurslaringizni yangilashingiz mumkin. Shuningdek, agarda siz uzoqroq muddatga dam olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, unda siz uchun eng yaxshi tanlov bu bir oylik rouming-paketlar: 5 GB mobil trafik va 100 daqiqa ovozli aloqa 90% chegirma asosida 300 000 so‘mga.

Aksiyadagi paketlarini *188# USSD buyrug‘i, shuningdek MyUZTELECOM ilovasi orqali faollashtirishingiz mumkin.

MUHIM! Xalqaro rouming xizmatlarini O‘zbekistondan ketishdan oldin faollashtirish zarur.

UZTELECOM bilan foydali sayohat qiling va aloqada bo‘ling.

Batafsil ma’lumot

UZTELECOM – milliy operator.



Yangilik bilan ulashish: